Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
18 sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyati matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Shu kuni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Yunusobod tumani hokimligida Toshkent shahri va tumanlari hokimliklari, boshqa mutasaddi idoralar rahbarlari va faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.
Ish faoliyatida muntazam qoloqlik va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shomansur Ahmedov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Saidakbar Po‘latov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Bundan tashqari, tumanning bir qator mutasaddi idoralari rahbarlari — prokuror Timur Normuhammedov, davlat soliq inspeksiyasi rahbari Abdurauf Karimov jiddiy ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
18:30 / 20.09.2024
Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi
21:23 / 19.09.2024
Multfilm: Vatanga investitsiya bilan qaytgan tadbirkorning sarguzashtlari
18:02 / 16.09.2024