Jamiyat | 16:57 / 22.09.2016
9341
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik bolakay suriyalik qochqin bolaga o‘z uyidan joy taklif qildi

Olti yashar amerikalik bolakay, prezident Barak Obamaga yo‘llagan maktubida vayronalar ostidan olib chiqilgan suriyalik bolaga o‘z uyidan joy berishini ma'lum qilgan

Nyu Yorklik Aleks, Omran Daqnishning butun dunyoni larzaga qonli suratlarini va vayronalar ostidan olib chiqilishiga oid videolavhalarni ko‘rgach, mamlakat prezidenti Obamaga maktub yo‘llagan. 

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xat "soxtalik va shubhalanishni bilmaydigan qo‘rqmas bolaning maktubidir".

Bolakay xatida jumladan shunday deydi:

"Qadrli Prezident Obama, Suriyada tez yordam mashinasi qutqargan bolakayni xotirlaysizmi?"
 
"Siz uni borib bizning uyga olib kela olasizmi? ... biz sizlarni bayroqlar, gullar va pufaklar bilan kutib olamiz. Biz unga oilamizni taqdim etamiz va u bizning oila a'zosi bo‘ladi".

Prezident Obama BMTning qochqinlar muammosiga doir sammitida Aleks so‘zlaridan iqtibos keltirgan. 

"Biz hammamiz Aleksga o‘xshaganimizda qani edi", degan Prezident. 

"Tasavvur qiling-a, biz shunday bo‘lganimizda, dunyomiz qanaqa bo‘lar edi? Qanchadan-qancha azoblanayotganlarning joniga oro kirgan, qanchalab inson hayotini asrab qolgan bo‘lardik".

Ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama etilayotgan ushbu voqea aksariyat foydalanuvchilarning olqishiga sabab bo‘lgan. 

AQSh rahbari, o‘z navbatida, rivojlangan davlatlarga murojaat qilib, Suriya inqirozidan aziyat chekayotganlarga ko‘proq yordam berishga undagan. 

Mavzuga oid