Bred Pitt bolalarga qo‘pol munosabatda gumon qilinmoqda, politsiya tekshiruv boshladi
Los-Anjyeles politsiyasi Hollivud yulduzi Bred Pittni bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda ayblab, bu ish yuzasidan tergov ishi olib bormoqda. Bu haqida TMZ nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yaqindagina amalga oshirilgan oilaviy parvoz davomida Pitt bolalarga ovozini ko‘targan va ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan.
Bundan tashqari, oilaviy janjal samolyotdan tushgandan keyin ham davom etganligi aytilgan. U hattoki tankerlardan birida ketib qolishga ham uringan.
Nashrning yozishicha, aynan shu voqea Anjyelina Jolining ajrashish uchun ariza berishiga sabab bo‘lgan, chunki tergov ishi shu voqeaning ertasiga qo‘zg‘atilgan.
Bundan avval Jolining Pitt bilan ajrashishga ariza bergani haqida xabar berilgandi. Ommaviy axborot vositalari bunga Bredning fransuz aktrisasi Marion Kotiyyar bilan munosabatlarini sabab qilib ko‘rsatgandi. Biroq aktrisa o‘zining instagramida hayotidagi yagona sevimli inson - bu uning turmush o‘rtog‘i va farzandining otasi - aktyor Giyom Kane ekanligini ta'kidladi va yaqin orada ikkinchi marta onalik baxtiga muyassar bo‘lishini tasdiqladi, Pitt-Joli juftligiga esa yarashib ketishlarini tiladi.
Mavzuga oid
11:49 / 11.02.2023
Sirdaryo va Toshkentda nikohdan ajrashish darajasi eng yuqori
12:58 / 20.01.2023
2022 yilda qariyb 50 mingta nikohdan ajrashish holati qayd etildi
11:36 / 10.12.2022
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish holatlari soni ko‘paydi
12:04 / 25.10.2022