Sodiq Xon London aholisini teraktlar xavfidan ogohlantirdi
London meri Sodiq Xon shahar aholisi terorchilik hujumlariga tayyor turishi kerakligini aytdi. Bu haqida Daily Express nashri ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavf katta shahar hayotining bir qismi hisoblanadi.
“Bu haqiqat. London, Nyu-York va dunyoning boshqa katta shaharlari bunday vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, deb qo‘rqaman”, - dedi u.
U ogoh bo‘lish kerakligini ta'kidladi. Sodiq Xon davlatga fuqarolar bilan hamkorlikda harakat qiladigan va teraktlarga tayyor turadigan politsiya zarurligini qo‘shimcha qildi.
London meri Nyu-Yorkdagi teraktlardan keyin ana shunday murojaat bilan chiqdi, Sodiq Xon Nyu-Yorkda terakt sodir etilgan payt Manxettonda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentabr kuni Nyu-Yorkda portlash ro‘y berdi, jabrlanganlar yo‘q. Politsiya portlash yuzasidan Ahmad Rahamiyni hibsga oldi.
Mavzuga oid
09:40 / 27.09.2024
London Rossiyaning STG sektoriga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
22:37 / 17.09.2024
Londondagi Oksford-strit ko‘chasi piyoda uchun mo‘ljallangan hududga aylantiriladi
14:50 / 16.09.2024
Buyuk Britaniyada “Lazgi” spektakli namoyish etildi
08:50 / 14.09.2024