Jahon | 10:09 / 22.09.2016
4332
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: AQSh Iroqdagi harbiylari sonini oshirmoqchi

Foto: WJS

AQSh harbiylari, Iroqning Mosul shahrini egallashga qaratilgan amaliyotdan avval,  qo‘shimcha ravishda 500 askarni safarbar etish uchun Amerika hukumatiga murojaat qilmoqda, deb yozgan The Wall Street Journal nashri Amerika mulozimlariga tayangan holda. 

Aniqlik kiritilishicha, Iroqda rasman 4,4 ming amerikalik harbiy xizmatchi mavjud. 

Agar, Oq uy ma'muriyati taklifni ma'qullasa, qo‘shimcha harbiylar guruhi Iroq askarlari va xalqaro koalitsiya kuchlari bilan birga Mosulni egallashga qaratilgan amaliyotga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 

Amerikalik mulozimlarga ko‘ra, IShID nazorati ostida qolayotgan Mosulni qaytarib olishga qaratilgan amaliyot oktabr oyi o‘rtalariga belgilangan. Nashrning yozishicha, prezident Barak Obama hozircha mazkur rejadan xabardor qilinmagan. 

Mavzuga oid