Xakerlar Yahoo!’ning 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘rilashgani ma'lum qilindi
Xakerlar Yahoo!’ internet qidiruv tizimining 500 mln foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni o‘g‘rilashgani ma'lum qilindi. Bu haqda kompaniya bergan bayonotda aytilmoqda.
"Yahoo! Inc. tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tekshiruv foydalanuvchilar akkauntlaridagi ba'zi ma'lumotlar 2014 yil oxirida kompaniya tarmog‘idan kompaniya davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi deb hisoblaydigan kuchlar tomonidan o‘g‘rilangan", deyilgan xabarda.
O‘g‘rilangan ma'lumotlar foydalanuvchilar ismlari, elektron pochtalari manzillari, telefon raqamlari, tug‘ilgan sana, shifrlangan parollar va ba'zi hollarda shifrlangan va shifrlanmagan maxfiy savollar va ularga javoblarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga o‘g‘rilangan ma'lumotlar orasiga himoyalanmagan parollar, to‘lov kartalari yoki bank hisob raqamlari haqidagi ma'lumotlar tushmagan.
Kompaniya ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot muassasalari bilan ishlamoqda. Kompaniya shuningdek hujumga uchragan bo‘lishi mumkin bo‘lgan foydalanuvchilarni bundan ogohlantirmoqda va ularga akkauntlari himoyasini kuchaytirishni tavsiya qilmoqda.
Jumladan, kompaniya foydalanuvchilarga agar 2014 yildan beri o‘zgartirilmagan bo‘lsa, maxfiy savollar va ularga javoblarni, parollarni o‘zgartirishni tavsiya qildi. Shuningdek, o‘g‘rilangan ma'lumotlarga o‘xshash ma'lumotlar ishlatilgan boshqa saytlardagi akkauntlar bilan ham shunday yo‘l tutish maslahati berildi. Bundan tashqari, foydalanuvchilarga shubhali manzillardan xatlarni ko‘chirmaslik tavsiya qilindi.
Mavzuga oid
20:21 / 27.11.2020
Shimoliy koreyalik hakerlar AstraZeneca xodimlariga hujum uyushtirdi
07:30 / 28.10.2020
Trampning saylovoldi kampaniyasi sayti xakerlik hujumiga uchradi
17:35 / 26.10.2020
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi saytiga xakerlar hujum qildi
22:27 / 15.05.2020