Rossiyaning Saratovida odamlar bo‘lgan uyni yoqib yuborgan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosi olishi mumkin
Rossiyaning Saratov viloyati prokuraturasi avval sudlangan, 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Uyg‘un Bobroyevga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha ayblov hukmini tasdiqladi. Sudlanuvchi ikki kishi, jumladan yosh bolani o‘ldirish, xavfli usul bilan 5 kishiga suiqasd qilish hamda o‘t qo‘yishda ayblanmoqda, deb xabar bermoqda SaratovDaily.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2015 yil 24 dekabrda Bobroyev Orlovskoye qishlog‘ida o‘zining 20 yoshli tanishi Galina bilan janjallashib qolgandan keyin uning uyiga o‘t qo‘ygan. Bu payt uyda hech kim bo‘lmagan. So‘ngra u qizning buvisiga tegishli bo‘lgan qo‘shni uyga ham o‘t qo‘ygan.
Yong‘in oqibatida 2012 yilda tug‘ilgan qizcha va ruhiy kasallikdan aziyat chekkan 33 yoshli erkak halok bo‘lgan. Yana uch kishi mahalliy aholi va favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan.
Sudlanuvchi o‘z aybini qisman tan olgan. Unga 8 yildan 20 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Ayblov hukmi tasdiqlangach, jinoiy ish Saratov viloyat sudiga ko‘rib chiqilish uchun yuborilgan.
Mavzuga oid
13:31
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54
Sobiq sovet davlatlari tarix darsliklarida Rossiya salbiy obrazda tasvirlanayotganidan shikoyat qilindi
22:10 / 28.09.2024
Ukraina razvedkasi Moskva viloyatida Rossiya armiyasi polkovnigi o‘ldirilganini ma’lum qildi
20:45 / 28.09.2024