AQSh kongressi Obamaning Saudiya Arabistonini sudga berishga ruxsat beruvchi qonun loyihasiga qo‘ygan taqiqlovini bekor qilmoqchi
AQSh kongressi AQSh prezidenti Barak Obamaning 2001 yil 11 sentabrdagi terakt qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistoni ustidan da'vo arizasi berishga ruxsat beruvchi qonun loyihasiga taqiqlov qo‘yganidan norozilik bildirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Nyu-York shtatidan senator Charlz Shummer kongress "tezkorlik va qat'iyatlik" bilan bu qarorni bekor qilmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
"Agar saudiyaliklar hech qanday yomon ish qilmagan bo‘lsalar, unda ular bundan qo‘rqmasliklari kerak", deb aytgan senator.
Avvalroq Obama ushbu qonun loyihasiga taqiqlov qo‘ygandi va o‘zining bu qarorini qonun loyihasi AQSh ustidan ham sudga ariza berishga imkoniyat ochishi bilan tushuntirgandi.
AQSh kongressi, Barak Obama, Saudiya Arabistoni
Mavzuga oid
12:40
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024