Jamiyat | 00:21 / 24.09.2016
42168
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 31 ta barmoqli bola tug‘ildi

Xitoyda noodatiy irsiyatga ega bola tug‘ildi: Chjetszyan viloyatida tug‘ilgan bolada 31 ta barmoq – 15 ta qo‘l va 16 ta oyoq barmog‘i bor.

"Bola onasining nostandart genetikasi sababli anomaliya bilan tug‘ildi", deb ma'lum qildi Xitoy matbuoti. Bolaning onasida ham oyoq-qo‘llarida 6 tadan, jami 24 ta barmoq bor.  

Bolani ko‘zdan kechirgan shifokorlar unga ortiqcha barmoqlardan xalos bo‘lish uchun yordam berishga harakat qilib ko‘rishlarini aytishdi, biroq jarrohlik operatsiyasi juda murakkab bo‘lishini tan oldilar. 

Operatsiya uch bosqichda o‘tadi: avval ortiqcha barmoqlar olib tashlanadi, so‘ngra qo‘l va tovonlar konstruksiyasi ko‘rinishini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bola operatsiyadan keyin 16 yil davomida muntazam tekushiruvdan o‘tib turishi kerak bo‘ladi.  
 
 

Mavzuga oid