Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘ldi
Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqida loyihaning rasmiy blogida ma'lum qilindi.
Foydalanuvchi suratni yuklayotganda taklif qilinadigan ro‘yxatdan istagan niqobini tanlashi mumkin bo‘ladi. Servis xodimlarining ma'lum qilishicha, Telegram niqob qo‘yilishi kerak bo‘lgan yuz qismini avtomatik tarzda aniqlaydi.
Suratga o‘z kolleksiyangizdagi stikerlarni qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek @stickers boti yordamida o‘z niqoblaringizni yuklash imkoni ham mavjud - buning uchun unga "/newmasks" buyrug‘ini berish zarur.
Messenjerning iOS-versiyasida matnni formatlash funksiyasi paydo bo‘ldi.
Bundan tashqari, Telegram'da yana bir yangi funksiya paydo bo‘ldi - yozilgan videoroliklardan GIF-animatsiyalar yaratish: foydalanuvchi video olishi, undagi tovushni o‘chirib qo‘yishi va uni GIF-fayl sifatida yuklashi mumkin.
Shuningdek messenjerda mashhur stikerlar paneli paydo bo‘ldi, ularni ko‘zdan kechirib, xohlagan yozishmangizda qo‘llashingiz mumkin.
Mavzuga oid
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
23:29 / 18.09.2024