Jahon | 09:43 / 25.09.2016
7084
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikiston TIV rahbari dunyo mamlakatlarini Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslovning aytishicha, mamlakat qo‘shni Afg‘onistonga doim yordam berib keladi va bu ishga boshqa davlatlarni ham jalb etish kerak. U bu haqda BMT Bosh Assambleyasida chiqishi vaqtida gapirib o‘tgan.
"Afg‘onistonga bo‘lgan ko‘magimizni oshirishimiz kerak. Ayniqsa 2015-2024 yillarga mo‘ljallangan yordam dasturi juda zarur", — dedi Aslov. "Biz Afg‘onistonga bo‘ladigan yordam miqyosini kengaytirishlarini so‘raymiz", — dedi u.
U ishonch bilan shuni alohida ta'kidladiki, Tojikiston Afg‘onistonning ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirishga tayyor.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024