O‘zbekiston | 14:40 / 26.09.2016
19652
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasiga qo‘shimcha vakolatlar taqdim etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yil 23 sentabrda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarga muvofiq, Senat qo‘mitalari yangi vakolatlarga ega bo‘ldi. 

Jumladan, Senat qo‘mitalari, yuqori palata majlisida hukumat a'zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. 
 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining, ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qo‘mitalari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni eshitadi.

Shuningdek, qonunlar va Senat qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini, huquqni qo‘llash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib o‘rganadi.

Yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini ta'minlash uchun qonun osti hujjatlarining o‘z vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. 

Hujjatda Senat qo‘mitalari qonunlarga muvofiq, boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkinligi qayd etilgan. 

Mavzuga oid