Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida hokim o‘zgardi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilingan.
Deputatlar viloyat hokimi Oybek Ashurmatovning Boyovut tumani hokimi lavozimiga «O‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi boshqaruvi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Rahimjon Mahamadjonovich Boboyevni saylash to‘g‘risidagi qarorini muhokama qildi.
27-Iqbol saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati, Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri O‘razali Norbo‘tayev, 23-Hosilobod saylov okrugidan tuman Kengashi deputati, Boyovut agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori Go‘zal Saitqulova, «Olmazor» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Aliqul Xonimqulov va boshqalar o‘z so‘zlarida hokimlikka nomzod haqida iliq fikrlar bildirib, deputatlardan viloyat hokimining qarorini tasdiqlashni so‘radi.
Rahimjon Mahamadjonovich Boboyev Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, viloyat hokimi Oybek Ashurmatov tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risida ma'ruza qildi.
Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Nazarmuxamedov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.
Mavzuga oid
17:49 / 03.11.2024
O‘zLiDeP fermerlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvni qoralab, bayonot berdi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024