Malayziya avialiniyasiga qarashli MH17 reysi aviahalokatida kim aybdor - Rossiya yo Ukraina?
Malayziya avialiniyasining MH17 reysini amalga oshirayotgan samolyot Rossiyadan yetkazilgan raketa tomonidan urib tushirilishi natijasida 298 nafar kishi halok bo‘lgan. Bu haqida Nos radiostansiyasi xabar berdi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, raketa Rossiya hududidan Ukrainaning Snejnoye qishlog‘i hududiga yetkazilgan: o‘sha payt u posbonlar nazorati ostida bo‘lgan. Shundan so‘ng "Buk" majmui (raketa) ortga qaytarilgan.
Xalqaro tergovchilar guruhi (JIT) rahbari halok bo‘lganlarning qarindoshlari bilan bo‘lgan uchrashuvda shu haqida e'lon qildi. Bugun Moskva vaqti bilan 14:00da 200 nafar jurnalist ishtirokida matbuot konferensiyasi boshlangan. Unda tergov haqida batafsil ma'lumot berilishi kutilmoqda.
JIT dunyoning besh mamlakati tergovchilaridan tashkil topgan, ularning vazifasi - MH17 reysining halokatga uchrashida aybdorni aniqlash. Biroq manbaga ko‘ra, 28 sentabrda ommaga havola qilinadigan hisobot faqatgina raketa va uning uchirilish joyi haqida bo‘lishi ta'kidlangan.
Bunga qadar "Buk" majmuini ishlab chiqaruvchi "Almaz-Antey" korporatsiyasi o‘z matbuot anjumanini o‘tkazgan. Unga ko‘ra, raketa Ukraina harbiylari nazoratidagi hudud - Zaroshchenskoye punktidan uchirilgan.
MH17 reysi aviahalokati 2014 yilning 17 iyulida sodir bo‘lgan. Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilayotgan Malayziya avialiniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotning qulashi natijasida 298 nafar kishi halok bo‘lgan. Samolyot qoldiqlari va yo‘lovchilarning jasadi Donetsk viloyatidagi Torez ostidan topilgan.
Mavzuga oid
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
10:10 / 29.10.2024
Malayziya O‘zbekiston davlat idoralariga quyosh panellarini o‘rnatishni boshlaydi
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
22:43 / 21.10.2024