VW mashinani boshqarish uchun sensor panelga patent oldi
Volkswagen kompaniyasi Yevropa patent byurosida sensor panelni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Haydovchi uning yordamida avtopilotni boshqarishi mumkin. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza 2015 yilda topshirilgan, biroq OAV endi bunga e'tibor qaratgan.
Patentda ko‘rsatilishicha, uzatmalar qutisi dastagida o‘rnatilgan tachpad yordamida haydovchi avtopilot xabariga tezroq e'tibor berishi mumkin. Biroq, kelgusida bunday ekranni avtomobil salonining istalgan qismida o‘rnatsa bo‘ladi.
Avtopilot yo‘ldagi vaziyat yuzasidan haydovchini xabardor qiladi va bir necha yechimni taklif etadi. Haydovchi tachpad yordamida ulardan birini tanlaydi.
Masalan, agar avtopilot oldinda ketayotgan avtomobilni «ko‘rsa», muqobil boshqaruv tizimi mashinani quvib o‘tish yoki yo‘l qismida qolishni tavsiya qiladi. Haydovchi esa, yo‘lakni o‘zgartirish uchun barmog‘ini tachpad yuzasida yuqoriga siljitsa bas. Avtomobil quvib o‘tishni boshlaydi.
Mavzuga oid
22:45 / 17.09.2024
Peterburgda mehnat migrantlarining 7 mingdan ortiq patenti bekor qilindi
13:49 / 05.09.2024
Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopishga hozirlanmoqda
14:53 / 03.09.2024
Germaniyada Volkswagen sobiq rahbari ustidan sud boshlandi
21:44 / 02.09.2024