Jahon | 08:17 / 29.09.2016
6597
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Shimon Peres xotirasiga Oq uyda bayroqni tushirishni buyurdi
AQSh prezidenti Barak Obama Oq uy, AQSh va xorijdagi hukumat binolarida Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres vafoti tufayli bayroqlarni tushirishni buyurdi.
"Isroilning sobiq prezidenti va bosh vaziri Shimon Peres xotirasiga hurmat sifatida AQSh bayroqlari Oq uy hamda barcha davlat binolari va hududlarida tushirilsin", deb aytildi xabarda.
Bundan tashqari, ushbu ko‘rsatma AQShning barcha elchixonalari, harbiy bazalari va harbiy-dengiz sudlariga ham taalluqli bo‘ladi.
Avvalroq Obama Peres dafn marosimiga borishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55 / 28.09.2024