Jahon | 14:40 / 29.09.2016
6455
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya hukumati 12ta telekanalning efirga chiqishini to‘xtatdi

Turkiya hukumati 12ta telekanalning, (shu jumladan kurd tilidagi telekanallar) efirga chiqib, faoliyat ko‘rsatishini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda IMC telekanalida ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, Hayatın Sesi, Azadi TV, Jiyan TV, Van TV, TV10, Denge TV va Zarok TV kabi kurd tilida ishlovchi kanallarni qamragan Turksat sun'iy yo‘ldoshi faoliyati to‘xtatilgan.

Bu qaror qonun doirasida, mamlakatda 3 oy muddatga joriy etilgan favqulodda holat doirasida qabul qilingani ta'kidlangan.

Bu qadam tashlanishiga sabab keltirilmagan.

Hozircha turkiyalik davlat amaldorlaridan hech biri bu ma'lumotga munosabat bildirmagan.

Mavzuga oid