Jahon | 19:16 / 01.10.2016
16883
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning ayg‘oqchi samolyoti Rossiya kemalariga yaqinlashdi

Amerikaning ayg‘oqchi samolyoti 1 oktabr kuni O‘rta yer dengizining sharqiy hududi ustidan parvoz qilgan. Bu vaqtda mazkur mintaqada, Rossiyaning doimiy operativ kemalari bo‘lgani ehtimol. Yana bir samolyot Qrimning Qora dengiz sohiliga yaqinlashgan. Bu haqda, «Interfaks» agentligi harbiy aviatsiya parvozlarini kuzatuvchi g‘arb saytlaridagi ma'lumotlarga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Sharqiy O‘rta yer dengizida kuzatilgan ayg‘oqchi samolyot Sitsiliyadagi Sigonella bazasidan havoga ko‘tarilgan. U, 168858 bort raqamli P-8A Poseidon rusumli kemalarga qarshi patrul samolyoti bo‘lgan. Qrimdan janubi-g‘arbda parvoz qilgan samolyot esa Krit orolidagi Suda-bey bazasidan parvoz qilgan. Bu samolyotning RC-135W strategik razvedka samolyoti ekani aytilmoqda. 

«Interfaks»ning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Amerika ayg‘oqchi samolyotlarining faollashuvi kuzatilayapti. Bir kunda, 3-5ta shunday parvozlar amalga oshirilmoqda. 

Mavzuga oid