Jahon | 07:24 / 02.10.2016
17889
1 daqiqa o‘qiladi

Mixail Saakashvili Gruziyaga qaytmoqchi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili vataniga qaytmoqchi ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Men haqiqatan ham Gruziyaga qaytmoqchiman va saylov natijalari manfaatini himoyalamoqchiman", deb aytdi u.

Saakashvili bu haqda Nyu-Yorkda "Yagona milliy harakat" partiyasi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida aytdi.

Avvalroq Gruziya ichki ishlar vaziri Georgiy Mgebrishvili agar Saakashvili Gruziyaga qaytsa, ichki ishlar vazirligi unga nisbatan qonun doirasida harakat qilishini aytgan. Bu esa sobiq prezident Gruziyada paydo bo‘lsa hibsga olinishini anglatadi, chunki u prezidentligi vaqtida sodir etgan jinoyatlari uchun qidiruvga berilgan.   

 

Mavzuga oid