Jamiyat | 10:48 / 03.10.2016
10260
2 daqiqa o‘qiladi

23-qavatdan yiqilgan o‘smirning ahvoli yaxshilanmoqda

Shifokorlar Novosibirskda 23-qavatdan yiqilib, omon qolgan o‘smirning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarayotganini kuzatishmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘limi xodimi RIA "Novosti"ga xabar berdi.

24 sentabr kuni 16 yoshli o‘smir yoqtirgan qizida taassurot qoldirish maqsadida Kirov tumanidagi uyning 23-qavatidagi balkon to‘sig‘idan oshib o‘tgan, lekin muvozanatni yo‘qotib, pastga tushib ketgan. O‘smir Renault Logan rusumidagi taksi avtomobili tomiga tushganligi bois omon qolgan. Hozirda u mahalliy shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. 

"Bemor hanuz jarrohlik bo‘limida. Uning ahvolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, bir hafta ichida bemorning umumiy bo‘limga o‘tkazilishi masalasi ko‘rib chiqiladi", - dedi agentlikning suhbatdoshi. 

Manbaga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan yo‘lga qo‘yilgan tergov ishlari davom etmoqda. 

Novosibirsk viloyatining bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Lyubov Zyabreva o‘smirning sog‘lig‘i yaxshilanishi bilanoq ruhshunoslar u bilan ishga kirishishlarini aytgan. O‘smir hushini yo‘qotmagan, ammo hozircha OAV xodimlari bilan uchrashishdan bosh tortmoqda. 

Mavzuga oid