Jamiyat | 09:29 / 04.10.2016
4467
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoydagi ko‘p qavatli binoda portlash ro‘y berishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasida joylashgan Xarbin shahridagi ko‘p qavatli binolardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, bu hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, yana bir necha kishi turli darajada jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, porttlash oqibatida 13, 14 va 15-qavatlar jiddiy zararlangan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga maishiy gaz sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024