O‘zbekiston | 17:02 / 05.10.2016
8285
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 2 million nafarga yaqin saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun hamda Markaziy saylov komissiyasining Asosiy tadbirlar dasturi, shuningdek, shaharlar va tumanlar hokimliklari va harbiy qism komandirlarining taqdimnomalariga muvofiq viloyat hududi bo‘yicha saylov uchastkalari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Viloyatda umumiy saylovchilar soni bugungi kunda 1 mln 984 ming 247 nafarni tashkil etishi inobatga olinib, 773ta saylov uchastkasi tuzildi. Ularda saylovchilar soni 3000 nafargacha bo‘lishiga e'tibor qaratildi. Okrug saylov komissiyasining bu haqdagi tegishli qarori mahalliy matbuotda e'lon qilindi.

"Mazkur saylov uchastkalari markazi etib belgilangan va kelgusida ular faoliyat ko‘rsatadigan binolar viloyat hokimligining maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganilib, belgilangan talablar asosida jihozlash ishlari davom etmoqda", deydi 2 – Andijon okrug komissiyasi a'zosi Shukurillo Ikromov.

Muxbir: Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid