Chexiyaliklar qismlari 3D-printerda bosilgan elektrokar yaratishdi
Chexiyalik dizayner Petr Chladek kuzov panellari 3D-printerda tayyorlangan shahar elektromobili prototipini yaratdi. Bu haqda Hybrid.cz. nashri xabar bermoqda.
4ekolka deb nom olgan kontsept-kar sig‘imi 9,6 kilovatt-soat bo‘lgan litiy-temir-fosfat akkumulyatordan (LiFePO4) quvvatlanuvchi elektr dvigatel bilan jihozlangan.
Mashinaning maksimal tezligi soatiga 55 km ni tashkil qiladi, yurish zaxirasi esa 200 km ga yetadi.
Dizaynerning aytishicha, bunday avtomobilning narxi 300 ming chex kronini (11 ming yevro) tashkil qilishi mumkin. Bu puldan yarmi batareya va boshqaruvchi elektronika hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Chladek avtomobilni Praga ko‘chalarida sinovdan o‘tkazmoqchi. Prototipnng sotishga mo‘ljallangan seriyali versiyasi ham chiqarilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:17 / 23.09.2024
Xitoyda 3D-printer yordamida baliq go‘shti muqobili yaratildi
20:48 / 17.09.2024
Markaziy Yevropadagi suv toshqinlari: qurbonlar soni ortmoqda, Polshada favqulodda holat e’lon qilindi
14:23 / 16.09.2024
Yevropada kuchli suv toshqinlari - fotosuratlar
16:42 / 30.08.2024