NYT: Yahoo o‘zgartirilgan filtr vositasida elektron pochtani kuzatishga yordam bergan
AQShning Yahoo kompaniyasi mamlakat maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilib, spam xabarlarni ajratuvchi filtrlarni o‘zgartirish bilan foydalanuvchilar maktublarini kuzatishda yordam bergan. Amerikada nashr etiladigan The New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Avvalroq, Reuters agentligi AQSh razvedkasiga Yahoo barcha foydalanuvchilarning elektron maktublarini yashirincha tekshirib ko‘rishiga imkon beruvchi dasturni ishlab chiqqani haqida yozgan edi.
Yahoo o‘z navbatida elektron pochtalarni ommaviy kuzatish ayblovini inkor qilgandi.
Endilikda, NYT gazetasining yozishicha, maktublarda bolalar pornografiyasi va boshqa turli mazmunlarni qidirish bahonasida Yahoo sudlarning maxfiy topshiriqlarini bajarib kelgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyadan xorijiy terroristik guruhlarga tegishli va maxsus raqamli imzoga ega xabarlarni topish talab qilingan.
Ayni vaqtda, bunday ma'lumotlarni to‘plash amaliyoti to‘xtatilgan, deb ta'kidlashgan nashr manbalari.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024