"Mettyu" dovuli Florida qirg‘oqlariga yetib keldi
Karib havzasidan shimolga qarab harakatlangan "Mettyu" dovuli AQSh janubidagi Florida shtati qirg‘oqlariga urildi. ABC News nashri mahalliy aholi vakillariga asoslanib xabar qilishicha, dovulning shtatdagi dastlabki qurboni bor.
Sent-Lusi okrugi sherifining ma'lum qilishicha, qutqaruvchilardan biri halok bo‘lgan.
Shu bilan birgalikda, sinoptiklar dovul Florida qirg‘oqlariga parallel yo‘nalishda harakatlanayotgani haqida aytishgan.
CNN telekanalida aytilishicha, dovul epimarkazi Florida qirg‘oqlaridan 5 milya uzoqlikda joylashgan.
Shu bilan birga, Deyton-Bich va Jyekson-Sitida kuchli shamollar va yomg‘irlar kuzatilmoqda. Hududda shamol tezligi soniyasiga 30-40 metr atrofida.
"Mettyu" dovuli keyingi 10 yillikda Atlantikada yuzaga kelgan eng kuchli dovul bo‘ldi. Hozirda AQSh janubidagi Florida, Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlarida favqulodda holat joriy etilgan.
Hafta boshida Gaitiga yopirilgan bo‘ron tufayli qurbon bo‘lganlar soni 572 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
14:24
«Qurbonlar ko‘p bo‘lishi mumkin». «Helen» to‘foni Floridaga yopirildi
12:30 / 26.09.2024
Trampga suiqasd bo‘yicha ishda yangi ayblov ilgari surildi
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
14:29 / 26.08.2024