Jahon | 18:35 / 09.10.2016
9816
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov AQShning "Jyebxat an-Nusra" bilan kurashida yashirin ma'no borligini gumon qildi

Foto: ©Press-slujba Ministrerstvo vnutrennix del RF

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Birinchi" kanalga bergan intervyusida Moskva AQShning "Jyebxat an-Nusra" bilan kurash olib borayotganiga jiddiy dalillarni ko‘rmayotganini ma'lum qildi.

"Rossiya harbiy havo kuchlari (HHK) Suriya hukumati taklifiga binoan mamlakat hududida ishlay boshlaganidan keyin IShIDga avvalgidan-da ko‘proq zarbalar bermoqda. Parvozlarning chastota va samaradorligini ham taqqoslab bo‘lmaydi. Amerika bombardimonchilari esa ko‘pincha ishlatilmay qolgan qurol-aslahalar bilan Injirlik va boshqa bazalarga qaytishmoqda", - dedi Lavrov. 

TIV rahbarining ta'kidlashicha, "hattoki IShIDga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan mana shunday "yumshoq" rejim ham AQShning "Jabxat an-Nusra"ga umuman tegmaganligi fonida yetarlicha intensiv tuyulardi". 

"Men AQSh davlat kotibi Jon Kerridan bu yerda terrorchi tashkilotni saqlab qolish va uni zarbalar ostidan omon olib chiqish, keyin esa Suriya prezidenti Bashar Asadni qulatishdek qandaydir yashirin ma'no bor yoki yo‘qligi haqida so‘radim. U bunday emasligi, AQShning terrorchilarga qarshi kurashayotganini aytib, qasam ichdi", - deya davom etdi o‘z so‘zida Lavrov. 

Shuningdek Rossiya tashqi ishlar vaziri AQSh terrorchi tashkilot rahbarlaridan birining yetakchisini yo‘q qilganligini ta'kidladi, lekin bunday holat bir martagina kuzatilganini qo‘shimcha qildi. 

 

Mavzuga oid