Jamiyat | 00:34 / 09.10.2016
33486
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoni uyatga qo‘ygan talaba o‘qishdan chetlatilishi mumkin

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga noqulay savol bergan Kiyev milliy universiteti talabasi o‘qishdan chetlatilishi mumkin. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Ukrainaning "Vesti" nashri xabar bermoqda.

Biroq universitetda bu xabarga hozircha rasman izoh berilmagan.

Universitetning tarix fakulteti 3-kurs talabasi Poroshenkodan o‘qishni yakunlagach, bir yilga aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazilayotgan hududga jo‘nash tavsiyasini olgan. Talaba ham "andisha qilib o‘tirmay" Poroshenkodan u o‘z o‘g‘illarini bu hududga qachon yuborishini so‘ragan.

Poroshenko bunday savoldan aft-angori o‘zgarib, talabani "troll" (ig‘vogar) deb atagan.

Mavzuga oid