Samolyot uchuvchilarining shamolga qarshi kurashi videosi internetda ommalashib ketdi
Chexiya poytaxti Pragada aviafalokat yuz berishiga bir baxya qoldi – Boeing yo‘lovchi samolyotining Praga aeroportiga qo‘nishi vaqtida kuchli shamol sababli u u yondan-bu yonga chayqala boshlagan. Uchuvchilar samolyotni qo‘ndirmoqchi bo‘lganlarida, u yonboshlagan. Falokatdan mo‘'jizaviy ravishda qochishga muvaffaq bo‘lingan, chunki samolyot qanotlarini yerga tegishidan bir necha santimetrlar ajratgan, xolos.
Natijada samolyot ekipaji va aeroport dispetcherlari samolyotni ikkinchi aylanaga olib ketishga qaror qilishgan. Uchuvchilar ikkinchi urinishda samolyotni eson-omon qo‘ndira olishgan. Ushbu voqea videoga olinib, internetda chop etildi. Internet foydalanuvchilari samolyotga "havo mayatnigi" deb nom berishga ham ulgurishdi.
Mavzuga oid
00:20 / 22.09.2024
Boeing minglab xodimlarini majburiy ta’tilga yuborishni boshladi
18:15 / 14.09.2024
AQShda Boeing ishchilari 2008 yildan beri ilk bor ish tashlashga chiqdi. Ular nimani talab qilyapti?
20:50 / 13.09.2024
AQShda parvoz vaqtida harbiy samolyotning dum qismi uzilib tushdi
21:30 / 07.09.2024