Sport | 20:06 / 09.10.2016
20501
2 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Rahmonov professional ringdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Foto: Olamsport

8 oktabr kuni Las-Vegasda (AQSh) Sin City Showdown boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov ham ringga ko‘tarildi.

27 yoshli andijonlik bokschi AQSh nomidan ringga chiqib kelayotgan Jonatan Dinongga qarshi jangda g‘alaba qozondi va bu uning professional boksdagi oltinchi g‘alabasi bo‘ldi.

Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan Mayweather Promotions nomli promouterlik kompaniyasi nomidan jang qiladigan Sanjar Rahmonov 6 raundlik jangda raqibini ochkolar farqi bo‘yicha mag‘lub etgan. U shu kunga qadar yettita jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning oltitasida raqiblaridan ustun kelgan, (3ta nokaut) bir marta yutqazgan.

Unga amerikalik murabbiy Dyui Kuper murabbiylik qilmoqda.

Sanjar Rahmonov 17 sentabr kuni amerikalik Markius Xoutornga qarshi ringga chiqib, Las-Vegasda jangda zafar quchgandi.

Ushbu bokschi havaskor boksda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ziyatdinbek Toygonbayev qo‘l ostida shug‘ullanib, 2009 yilda Osiyo chempioni va 2013 yilda O‘zbekiston chempioni bo‘lgandi.

Mavzuga oid