Ronaldino 2016 yilgi “Oltin to‘p” egasi kim bo‘lishini istayotganini aytib o‘tdi
Braziliya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldino 2016 yilgi “Oltin to‘p” sovrini Lionel Messi bo‘lishini istayotganini aytib o‘tdi.
“Mukofotga da'vogarlarning barchasi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, birortasini tanlashim qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, men Lionel Messini tanlagan bo‘lardim”, - deydi Ronaldino.
Hozirgi kunda iqtidorli o‘yinchilar soni bo‘yicha Argentina Braziliyani ortda qoldiradimi, degan savolga Ronaldino quyidagicha javob berdi: «Bu haqda gapirish qiyin. Argentinada menga yoqadigan iqtidorli futbolchilar ko‘p. Lekin Braziliya ham bunday o‘yinchilar bilan maqtana oladi. Ularning faoliyati hali ajoyib kechadi”, - deydi Roni AS nashriga bergan intervyusida.
Manba: Tribuna.Uz
Mavzuga oid
04:56 / 05.09.2024
Messi bu safar «Oltin to‘p» olmaydi: u va Krishtianu top-30 nomzodlar ichida emas. Undan kimlar o‘rin olgan?
22:48 / 18.11.2023
«Oltin to‘p» sohibi Liberiyada prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘ldi
02:36 / 31.10.2023
Lionel Messi - 8 karra «Oltin to‘p» sohibi
19:18 / 07.09.2023