Germaniya ichki ishlar vaziri O‘rta Yer dengizida qutqarilgan muhojirlarni Afrikaga jo‘natishni taklif qildi
O‘rta Yer dengizida qutqarib olingan barcha noqonuniy muhojirlarni yana ortlariga – Shimoliy Afrikaga yuborish kerak, deb aytdi Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer. U bu haqda Lyuksemburgda o‘tayotgan Yevropa Ittifoqi davlatlari ichki ishlar vazirlari ishtirokidagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.
"O‘rta Yer dengizida qutqariluvchi odamlar Shimoliy Afrikadagi vaqtinchalik boshpanalarga jo‘natilishi kerak. U yerda ularning himoyaga muhtojliklari tekshirilardi va biz bundaylarni Yevropaga jo‘natish mexanizmini tashkil qila olgan bo‘lardik", deb keltirdi de Mezer aytgan so‘zlarni Agence France-Presse axborot agentligi. ""Iqtisodiy muhojirlar" deb tan olinganlar esa o‘z davlatlariga qaytarilishlari kerak, deb hisoblamoqda de Mezer.
2015 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bir qator davlatlarda ixtiloflarning avj olishi sababli bu mintaqalardan Yevropaga kelayotgan muhojirlarning soni keskin oshib ketdi. O‘rta Yer dengizi orqali yo‘l bunday muhojirlar uchun Yevropaga kelishning asosiy yo‘li hisoblanadi.
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotning ma'lum qilishicha, yil boshidan beri O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa davlatlariga 303 mingga yaqin muhojir va qochqinlar kelgan. Shu bilan birga 3,5 mingdan ko‘proq odam yo‘lda halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
10:10 / 04.11.2024
WP: Yevropa Tramp davrida AQSh bilan «munosabatlarni uzish»ga tayyorlanmoqda
15:24 / 03.11.2024
Gurjiston va Moldova saylovlari: Yevropa orzusi orzuligicha qoldimi?
12:30 / 01.11.2024