Jahon | 12:15 / 14.10.2016
4809
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel tinchlik mukofoti sovrindori FARC bilan o‘t ochishni to‘xtatish tartibini yil oxirigacha uzaytirdi

Foto: AFP

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos «Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari» (FARC) tarkibidagi isyonchilarga qarshi o‘t ochishni to‘xtatish tartibini yil oxirigacha uzaytirishga qaror qilgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Santos o‘zaro kelishmovchilikni davom ettirishga faol qarshi chiqayotgan yoshlar guruhi bilan uchrashgach, mazkur qarorini e'lon qilgan. 

«Ushbu yoshlar iltimosiga binoan, men mamlakatdagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibini 2016 yil 31 dekabrgacha uzaytirishga qaror qildim», — degan Kolumbiya rahbari.

Qayd etilishicha, ushbu tartib keyinchalik yana uzaytirilishi mumkin, biroq Santos, o‘sha vaqtga kelib, jangovar harakatlarni butunlay to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishiga umid bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Xuan Santos FARC isyonchilari bilan o‘t ochishni to‘xtatishga erishgani uchun 2016 yilgi Nobel tinchlik mukofotiga munosib topilgan edi. 

Mavzuga oid