Nursulton Nazarboyev xastalikdan keyingi ilk uchrashuvini o‘tkazdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat bosh prokurori Jakip Asanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.
Uchrashuv davomida Asanov davlat rahbariga huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati haqida ma'lumot berdi, shuningdek "100 aniq qadam" Millat rejasining amalga oshirilishi doirasida topshiriqlarni bajarish ishlarining borishidan boxabar qildi.
Qozog‘iston prezidenti qonun ustuvorligini ta'minlash hamda mamlakat aholisining huquqiy bilimini oshirish borasidagi sa'y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta'kidladi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, davlat rahbari Jakip Asanovga bir qator topshiriqlar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 oktabr, seshanba kuni Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati Nazarboyevning shamollash tufayli davolash muolajalarini olayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Prezidentning matbuot kotibi Aydos Ukibayning ma'lum qilishicha, davlat rahbarining salomatligi hech qanday tashvishga o‘rin qoldirmaydi.
Joriy hafta oxiriga qadar Nazarboyevning xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilmagan. Bundan buyon prezidentning faoliyati oddiy ish kuni jadvaliga muvofiq olib boriladi.
Mavzuga oid
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024
Qozog‘iston 2022 yildan beri 2,3 mlrd dollarlik aktivlarni davlat hisobiga qaytardi
12:30 / 17.09.2024