OAV: Abe Kuril orollarini Rossiya bilan birga boshqarish niyatida
Yaponiya hukumati Rossiyaga janubiy Kuril orollarini birgalikda boshqarish taklifini ilgari surishni rejalashtirayapti. «Nikkey» nashri ikki mamlakat hukumatlaridagi manbalariga tayangan holda shu haqda yozmoqda.
Qayd etilishicha, Moskva hamda Tokioning birgalikda foydalanishga kelishib olganida ham uni hayotga tatbiq etish masalasiga bir necha yillar kerak bo‘ladi.
Nashrga ko‘ra, janubiy Kuril orollarini boshqarishda hamkorlik qilish g‘oyasi Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abega tegishlidir. Yaponiya Rossiyadan Xabomai va Shikotan orollarini qaytib olishni va Kunashir, Iturup orolini boshqarishda hamkorlik qilmoqchi.
«Agar Yaponiya va Rossiya birgalikda boshqarishga bo‘yicha kelishuvga erisha olsa, bu mamlakatlar o‘rtasidagi tinchlik bitimini imzolashni tezlashtiradi», — deb yozgan gazeta.
Mavzuga oid
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:12 / 27.09.2024
Yaponiya hukmron partiyasiga yangi yetakchi tayinlandi
18:06 / 27.09.2024