Jahon | 22:03 / 17.10.2016
11478
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh shtabi Halabda ma'lum vaqt o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya gumanitar tashkilotlar so‘rovi bilan Halabdan jarohatlanganlar va tibbiy xodimlarning olib chiqilishi uchun o‘t ochishni to‘xtatadi. RIA Novosti xabar qilishicha, 20 oktabr kuni Halabda "gumanitar pauza" boshlanadi.

"Rossiya BMT bosh kotibining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura tashabbusi ortidan BMT va "Jabhat an-Nusra"ga ta'sir ko‘rsata oladigan davlatlar bilan Halabdan tibbiy xodimlar hamda jarohatlanganlarning olib chiqilishida hamkorlikda ishlaydi... Biz vaqtni yo‘qotmasdan "gumanitar pauza"ni joriy etamiz. Tinch aholi vakillari, shuningdek, bemor va yarador jangarilar ham olib chiqilishi uchun erkin yo‘lak yaratiladi", degan Rossiya bosh shtabi general-leytenanti Sergey Rudskiy.

Uning aytishicha, Halab ahliga maxsus varaqalar va ovoz kuchaytirgichlar orqali shahardan chiqib ketish yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.

Uning qayd etishicha, 20 oktabr kuni soat 8:00dan soat 16:00gacha Halabda "gumanitar pauza" amalda bo‘ladi. Bu vaqtda Rossiya Harbiy kosmik kuchlari hamda Suriya hukumati aviatsiyasi Halabga zarbalar berishdan to‘xtab turadi.

Mavzuga oid