Jahon | 00:02 / 18.10.2016
5769
2 daqiqa o‘qiladi

BASF kimyoviy zavodidagi portlashda bir kishi halok bo‘lgan, 6 kishi jarohat olgan

Foto: REUTERS

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning Lampertxaym shahridagi BASF konserni kimyoviy zavodida sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, 6 kishi jarohat olgan va 6 odam bedarak yo‘qolgan. Mahalliy politsiyada ma'lum qilinishicha, bedarak yo‘qolganlar orasida nafaqat zavod xodimlari, balki o‘t o‘chiruvchilar ham bor.

Fojianing ba'zi tafsilotlari ham ma'lum bo‘ldi. Kompaniya vakili Uve Libeltaning aytishicha, avval kimyoviy xom ashyoni tashish uchun mo‘ljallangan quvur yongan, so‘ngra portlash yuz bergan. Biroq hozircha nima yongani va bunga nima sabab bo‘lganini aniq aytib bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Eslatib o‘tamiz, zavodda portlash mahalliy vaqt bilan soat 11:30da sodir bo‘lgan. Zavod neft va gaz ortilgan tankerlar keluvchi bandargohda joylashgan.

 

Mavzuga oid