Jahon | 17:26 / 19.10.2016
14956
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis OAV Putinning Berlinga safarini shov-shuvli voqea deb atamoqda

Foto: trend.az

Germaniya OAV Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «normand to‘rtligi» uchrashuvida ishtirok etish maqsadida Berlinga kelishini shov-shuvli voqea sifatida yoritmoqda. 

«Bu kichik siyosiy shov-shuvdir: Germaniya kansleri Angela Merkel 19 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Berlinda qabul qiladi. Bu yerda, Ukrainadagi inqiroz va Suriyadagi urushga bog‘liq muzokaralar bo‘lib o‘tadi», — deb yozadi Huffington Post gazetasining Germaniyada chop etiladigan nashri.

Qayd etilishicha, Putinning tashrifi kutilmagan voqelikdir, chunki so‘nggi pallaga qadar rasmiy Kreml ma'muriyati Putinning safarini tasdiqlamadi. 

O‘z navbatida, Deutsche Welle ta'kidicha, «to‘rt davlat rahbarining Germaniya poytaxtida qo‘shma muzokaralar o‘tkazishi kansler uchun katta yutug‘idir», chunki normand to‘rtligi shaklidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va o‘tgan yil oktabr oyidan beri o‘tkazilmayotgan edi. 

«Normand to‘rtligi» mamlakatlari davlat rahbarlarining uchrashuvi 19 oktabrda Berlin shahrida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 boshlanadi. 

Mavzuga oid