Jahon | 08:01 / 20.10.2016
16742
1 daqiqa o‘qiladi

«Normand to‘rtligi» muzokaralari yakunlandi

Foto: Twitter .com/dimsmirnov175

Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Pyotr Poroshenkolar o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.

Aniqlik kiritilishicha, to‘rt davlat va hukumat rahbarlarining Ukrainaning Donbass viloyatidagi inqirozga barham berishga qaratilgan muzokaralari qariyb besh soat davom etgan. 

Shundan so‘ng, Vladimir Putin, Fransua Olland va Angela Merkel Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishni boshlashgan. 

Barcha muzokaralar yakunlari bo‘yicha Fransiya prezidenti va Germaniya kansleri matbuot anjumani, Rossiya davlat rahbari brifing o‘tkazgan. 

 

Mavzuga oid