Ukraina parlamenti sobiq ittifoqni ikkinchi jahon urushi uchun javobgar deya tan oldi
Ukraina Oliy Radasi Polsha, Litva va Ukraina parlamentlarining Ikkinchi jahon urushi voqealari bo‘yicha yakdilligi deklaratsiyasini qabul qildi. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar qilmoqda.
Hujjatda Ikkinchi jahon urushi boshlanishi uchun mas'uliyat natsistlar Germaniyasi va Sovet Ittifoqi zimmasiga yuklangan.
«Biz e'tiborni 1939 yil 23 avgustdagi Ribbentrop — Molotov paktiga qaratishni istaymiz. Ikkita totalitar tuzum— kommunistlar Sovet ittifoqi va natsistlar Germaniyasi o‘rtasidagi bitim 1939 yil 1 sentabrda Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga sabab bo‘lgan. Germaniyaning shu kuni boshlagan agressiyasiga 17 sentabrda SSSR ham qo‘shilgan», — deya ta'kidlanadi deklaratsiya.
«O‘sha voqealar, shuningdek, 1945 yilda Yalta konferensiyasidagi qarorlar qabul qilinishiga hamda Sharqiy va Markaziy Yevropaning yana yarim asr qullikda qolishiga olib keldi», deya uqdirilgan hujjatda.
Ukraina parlamenti spikeri Andrey Parubiyning bayonot berishicha, deklaratsiyani Polsha Seymi ham qabul qilishi lozim. Telekanalning Rada tashqi ishlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Anna Gopkoga asoslangan holda xabar qilishicha, Litvada mazkur deklaratsiya yangi chaqiriq parlament tomonidan muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
23:40 / 27.09.2024
Ukraina Qurolli Kuchlari frontga kelgan yangi askarlarning yarmidan ayrilmoqda
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
17:43 / 27.09.2024