Jamiyat | 11:28 / 21.10.2016
14433
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh kun davomida ikkinchi yo‘qotishga uchradi, bu safar Afg‘onistonda
Afg‘onistonda AQSh harbiy xizmatchisi va fuqarolik mutaxassisi halok bo‘ldi. Pentagonning xabar qilishicha, ular qarshi tomon bilan to‘qnashuvda olingan jarohatlar natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqida RIA “Novosti” ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, AQSh Mudofaa vazirligining Harbiy zaxiralar markazi xodimlari - 26 yoshli serjant Dugla Rini va 40 yoshli Maykl Sauro 20 oktabr, payshanba kuni Qobul shahrida halok bo‘lgan.
Voqea tafsilotlari keltirilmagan.
Bu so‘nggi kunlarda amerikaliklar halok bo‘lgan ikkinchi holat ekanligi ta'kidlanmoqda.
Bundan oldinroq, Iroqning Mo‘sul shahri uchun janglarda ham amerikalik harbiy halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024