OAV: Time Warner va AT&T birlashish xususida muzokaralar olib bormoqda
Amerikaning Time Warner va AT&T kompaniyalari bosh menejyerlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazishgan. Unda turli xil biznes-strategiyalar, shu jumladan kompaniyalarning birlashishi ham muhokama qilingan. Bu haqda, Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Norasmiy holatda tashkil etilgan muzokaralar, hozircha, aniq bir bitim uchun sharoit yaratish emas, kompaniyalar o‘rtasidagi munosabatlarni barpo etish xususida bormoqda. Tomonlarning hech biri ehtimoliy kelishuv uchun moliyaviy maslahatchini yollamagan.
Xabarlarga ko‘ra, kompaniyani sotish fikri va tashabbusini Time Warner bosh direktori Jyeff Beuks bildirgan. U 2014 yilda direktorlar kengashi bilan birga kompaniyani 21st Century Fox tomonidan media kompaniyani xarid qilishga oid taklifni rad etgan edi. O‘shanda Time Warner 75 mlrd AQSh dollariga baholangandi.
May oyida Apple kompaniyasi ham Time Warner media kompaniyasini xarid qilishga qiziqish bildirgandi.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
07:50 / 25.09.2024
Ikki oyda 3,1 mlrd so‘mlik davlat xaridlari qonunchilikka zid tarzda o‘tkazilishining oldi olindi
22:57 / 24.09.2024