«Chelsi» «MYu»ni yirik hisobda yengdi
Bugun Angliya premer-ligasining 9-turi doirasida «Chelsi» «MYu»ni qabul qildi.
Uchrashuv maydon egalarining to‘la ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham aks etdi. Birinchi bo‘limda raqib darvozasini 2 bor aniq nishonga olgan Antonio Konte shogirdlari, ikkinchi bo‘limda ham shuncha gol urishdi. Joze Mourino shogirdlari esa 4ta golga bitta ham javob qaytara olmadi.
Endilikda «Chelsi» 19 ochko bilan APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda joylashdi. Yettinchi o‘rinda qolayotgan «MYu» hisobida 14 ochko to‘plangan.
Chelsi – Manchester Yunayted 4:0
Gollar: 1:0 – 1 Pedro, 2:0 – 21 Keyxill, 3:0 – 62 Azar, 4:0 – 70 Kante.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (Chaloba, 71), Kante, Azar (Villian, 78), Diyego Kosta (Batshuayi, 78).
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Bayi (Roxo, 52), Blind, Lingard (Marsyal, 65), Fellayni (Mata, 46), Errera, Pogba, Reshford, Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Pedro (1), Bayi (29), David Luiz (41), Alonso (66), Pogba (75).
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024