4 rafiqasi va 23 farzandi bo‘lgan suriyalik qochqin 360 ming yevrolik nafaqa oldi
Germaniyada Yevropa Ittifoqiga 4 rafiqasi va 23 farzandi bilan kelgan suriyalik qochqin bir yil ichida umumiy miqdori 360 ming yevrodan ko‘proqni tashkil qiladigan turli nafaqalar olgan. Bu haqda Rhein-Zeitung nashriga iqtibos keltirgan holda The Sun xabar bermoqda.
Germaniyada ko‘pxotinlik noqonuniy bo‘lgani sababli qochqinlar bilan ishlash markazida Gazia A. ismli bu erkakka bir rafiqasini "asosiy", qolganlarini esa "do‘stlar" deb rasmiylashtirish taklif qilingan.
The Sun nashrining xabar berishicha, suriyalik Germaniyaga 2015 yilda kelib bir kun ham ishlamagan. "Bizning din bo‘yicha men har bir oilamdan xabar olib turishim kerak. Shuning uchun men deyarli butun vaqtimni ular bilan o‘tkazaman", deb aytgan suriyalik va ishga joylashish imkoniyati berilganda xursand bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
2011 yilda Suriyada urush boshlangunga qadar bu suriyalik garajlar va avtomobillarni ijaraga berish xizmatiga ega bo‘lgan.
2015 yilda Germaniyaga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlaridan 1,1 mln dan ko‘proq muhojir kelgan.
Mavzuga oid
15:15 / 27.09.2024
Shvetsiyada bobo-buvilarga nabiralariga qaragani uchun nafaqa berilmoqda
10:31 / 30.05.2024
"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi e’lon qilindi
09:18 / 03.05.2024
Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashga onlayn ariza berish mumkin
11:45 / 02.02.2024