Fan-texnika | 10:01 / 25.10.2016
4136
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: Twitter 300 nafar xodimini ishdan haydamoqchi

Foto: Bloomberg

Twitter kompaniyasi xodimlarining 8 foizini ishdan bo‘shatish bilan keng qamrovli qisqartirishlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Unga ko‘ra, Twitter xodimlarining 8 foizi yoki 300 nafarini vazifasidan ozod etmoqchi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada bu qadar keng qamrovli qisqartirish o‘tgan yili kompaniya rahbarligini uning asoschisi Jyek Dorsi olganidan so‘ng o‘tkazilgan edi.

Xabar qilinishicha, ushbu masala muhokama qilinayotgani bois, ishdan bo‘shatiluvchi xodimlar soni o‘zgarishi ham mumkin. Rasmiy ma'lumot esa, Twitter joriy yil uchinchi choragiga oid moliyaviy hisoboti arafasida e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Avvalroq, Twitter Xitoydagi kloni Weibo ijtimoiy tarmog‘idan arzonlashgani aytilgandi.
 

Mavzuga oid