Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi o‘zgardi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 19 sentabrdagi «Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2603-sonli qaroriga asosan, 2016 yil 20 sentabridan boshlab yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumini majburiy sotuvi stavkasi 25 foiz etib belgilandi.
Bunda, yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksportga yetkazib berish yuklab jo‘natiladigan mahsulot qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lash shartlarida amalga oshirilishi hamda qolgan qismi uchun tasdiqlangan bank akkreditivi ochilishi yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, «O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyatiga yangi, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini oldindan to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochmasdan yoxud birinchi klassli xorijiy bank kafolatini rasmiylashtirmasdan:
«O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyatning chet elda ochilgan qo‘shma korxonalari va savdo uylariga;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha ishonchli va uzoq muddatli sheriklar bo‘lgan yetakchi xorijiy tashkilotlar – import qiluvchilar manziliga chiqarish va sotish huquqi berildi.
Bunda, quyidagi mezonlarga javob beruvchi tashkilotlar Ishonchli va uzoq muddatli sheriklar bo‘lgan yetakchi xorijiy tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi:
– meva-sabzavotlarni oldi-sotdi qilish yo‘nalishda kamida 3 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lishi;
– soliq, bank idoralari va yetkazib beruvchilar oldida muddati o‘tgan qarzlar mavjud bo‘lmasligi;
– ustav jamg‘armasi miqdori kamida 1 mln. AQSh dollarini tashkil etishi;
– ishchilar soni kamida 100 nafarni tashkil etishi;
– kamida 10 ta savdo shoxobchalaridan iborat savdo tarmog‘i va/yoki kamida bitta ulgurji taqsimlash markazi mavjud bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
09:38 / 14.11.2024
O‘zbekiston va JST eksport subsidiyalarini bekor etishni muhokama qildi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024