Jamiyat | 16:37 / 28.10.2016
8131
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘qolib qolgan olmaotalik yigit 12 kun davomida kompyuter klubida tunagani ma'lum bo‘ldi

Foto: pavon.kz

28 oktabr kechasi Olmaota politsiyasi 16 oktabr kuni bedarak ketgan 22 yashar Xanapiy Kosilbekovni topdi. U shahardagi kompyuter klublaridan birida bo‘lgan.

Kosilbekov uydan chiqib ketar ekan, Canon rusumli qimmat fotoapparatni o‘zi bilan olib ketgandi. Yigitning onasi OAV orqali yo‘qolgan fotoapparat uchun o‘g‘lini koyimaslikka so‘z bergandi.

Yigit topilgach, onasi jurnalistlarga o‘g‘li fotoapparatni lombardga topshirganini ma'lum qildi.

Foto: Newtimes.kz

“Mana shu pullar evaziga u kun o‘tkazgan. Qanchaga yetsa, shuncha maishat qilgan, so‘ngra pulsiz qiynalgan. Begonalarning kiyimlarini kiygan. Sovuqda qolgan. O‘rtoqlari unga imkon qadar pul yig‘ib berishgan”, dedi yigitning onasi Gulbonu Kosilbekova.

Onaning aytishicha, o‘g‘li kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan va o‘yinmaniya bilan shug‘ullanuvchi psixolog topib berishlarini iltimos qilgan.

Mavzuga oid