AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon O‘zbekistonga tashrifi doirasida 28 oktabrda Samarqand shahriga safar qildi. U bu yerda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, gul qo‘ydi. Bu haqda, AQSh elchixonasining Facebook sahifasida xabar qilingan.
Tomas Shennonga Samarqandda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Daniyel Rozenblyum hamrohlik qilgan. U, shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilgan.
Tomonlar Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi, deya xabar qilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Bundan tashqari, «S5+1» shaklida o‘zaro hamkorlik qilish va xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha fikr almashilgan.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024