Jahon | 12:27 / 31.10.2016
16442
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh 2,7 milliard dollarlik suv osti kemasini qo‘lga kiritdi

Foto: Reuters

AQShda harbiy dengiz kuchlarining (HDK) "Illinoys" atom suv osti kemasini ekspluatatsiyaga kiritish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida UPI nashri xabar berdi. Manbada ko‘rsatilishicha, kema qurilishi besh yil davom etgan, suv osti kemasining bahosi 2,7 milliard dollarni tashkil qilgan. Suv osti kemalarining bunday turi qirg‘oq operatsiyalari va chuqurlikdagi harbiy harakatlarga qarshilik ko‘rsatishga  mo‘ljallangan. Ekspluatatsiyaga kiritish marosimida mamlakatning birinchi raqamli xonimi Mishel Obama ishtirok etdi. 

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Mavzuga oid