Qizlarni hayron qoldirmoqchi bo‘lgan yigit panda changalidan arang qochib qutildi
Xitoy janubi-sharqidagi Tszyansi provinsiyasida joylashgan hayvonot bog‘laridan birida Chen ismli yosh yigit yirik panda yashaydigan volerga tashrif buyurdi.
Daily Mail xabarida aytilishicha, yigit ikki qizni hayron qoldirish maqsadida yarim metrli to‘siqdan oshib o‘tadi va Mey Ling ismli pandaning jahlini chiqaradi.
Shundan so‘ng Chen uxlab yotgan 120 kilogrammli pandaning boshiga nuqib, uni bezovta qildi. Jonivor yigitga tashlangan va u bilan jang qila boshlagan. Oradan bir qancha daqiqalar o‘tibgina yigit qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, yigitning shimi yirtilgan, o‘ziga esa hech narsa qilmagan. Mey Ling ushbu uchrashuvdan so‘ng shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ularning aytishicha, jonivor ham zarar ko‘rmagan.
Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, yigitning omadi chopgan, bo‘lmasa quyon va kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi panda unga jiddiy zarar keltirib qo‘yishi mumkin edi.
Mavzuga oid
19:28 / 16.08.2024
Hongkongda keksa gigant panda ilk bor ona bo‘ldi, u egizaklarni dunyoga keltirdi
23:17 / 31.05.2024
Xitoy o‘z pandalarini AQShga qaytaradi
23:19 / 29.09.2023
Xitoy Qo‘shma Shtatlardagi barcha pandalarni qaytarib oladi
19:51 / 24.04.2023