BMT: IShID jangarilari Mo‘sul aholisidan tirik qalqon sifatida foydalanmoqda
IShID terrorchilik guruhi jangarilari tinch aholi vakillarini Mo‘sulning infratuzilmalari joylashgan tumanlariga qasddan ko‘chirmoqda. Bu esa harbiy jinoyat hisoblanadi, deya bayonot bergan BMT IHOKB matbuoti kotibi Ravina Shamdasaniy.
"Tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanish hamda tinch fuqarolarga ularning xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lmagan yoxud birinchi darajali harbiy maqsadlarni ko‘zlab ko‘chish buyrug‘ini berish harbiy jinoyatlar hisoblanadi", — degan u.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi, shuningdek, IShIDning yangi ommaviy qatlliklari haqida axborotlarga egaligini bildirgan. Xususan, 29 oktabrda jangarilar Iroq qurolli kuchlarining 40 nafar sobiq askarini o‘ldirgan. Albatta, bu xabar ishonchli manbadan olingan bo‘lsa-da, to‘ldirilmagani bois, o‘ldirilganlar soni ko‘p bo‘lishi ham mumkinligini aytgan matbuot kotibi.
Mavzuga oid
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
20:44 / 03.09.2024
Shveytsariya 33 yildan keyin Iroqdagi elchixonasini qayta ochdi
20:26 / 13.08.2024
Iroqda qizlar uchun nikoh yoshini 9 ga tushirish taklif etildi
20:54 / 11.08.2024